"Lokomotiv"ni davralar oralig'ida 7 nafar futbolchi tark etdi

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2018, 13:26
Xabaringiz bor, Superligada ochilgan transfer oynasi vaqtida "temiryo'lchilar" o'z safini bir necha futbolchilar bilan boyitdi.

Shu bilan birga jamoani bir necha futbolchilar tark etishdi.

Nivaldo, Cho Suk Ja, Sherzod Karimov, Salim Mustafoev, Sarvar Karimov, Farhod Bekmurotov, Bobur Yo'ldoshev boshqa jamoalar tarkibiga borib qo'shilishdi. Anzur Ismoilov, Temurxo'ja Abduholiqov va Nikolay Pogrebnyak "temiryo'lchilar" safini to'ldirdi.

"Lokomotiv" barcha futbolchilarga o'zaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi va ularning keyingi faoliyatida omad tilaydi!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz