"Lokomotiv"da Denisov uchinchi bo'ldi

Aslanov Jasurbek
9 iyun 2015, 10:38
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov to'p tepadigan "Lokomotiv" saytida mavsumning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun ovoz berish boshlanganini ma'lum qilgan edik.
Kecha ushbu so'rovning natijalari ma'lum qilindi.
Yig'ilgan ovozlarga ko'ra, eng yaxshi futbolchi nomi himoyachi Vyerdan Chorlukaga nasib etdi. Ikkinchi o'rinni yarim himoyachi Aleksandr Miranchuk qo'lga kiritdi. Hamyurtimiz Vitaliy Denisov uchinchi o'rin bilan kiyoyalandi.
Vyerdar Chorluka - 1461
Aleksandr Miranchuk - 786
Vitaliy Denisov - 504

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia