"Lokomotiv" - "Zob Ohan" o'yini chiptalari 1 sektordan to 7 sektorgacha bepul tarqatiladi

Narzulla Saydullayev
11 apr 2018, 12:50
Xabaringiz bor, 17 aprel kuni "Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining so'nggi - muhim uchrashuvini o'tkazadi. Uchrashuv "Lokomotiv" stadionida 19:00da boshlanadi

"Lokomotiv" futbol klubi ushbu uchrashuvga bo'lgan qiziqishni hisobga olgan holda "Lokomotiv" - "Zob Ohan" o'yini chiptalari 1 sektordan to 7 sektorgacha bepul tarqatishga qaror qildi. Chiptalar bir kishiga 4 dona beriladi.

Chiptalarni ertaga - 11 apreldan boshlab 09:00 dan 16:00gacha bo'lgan vaqtda "Lokomotiv" stadionidan olib ketishingiz mumkin.

Murojaat uchun: 2691657

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz