"Lokomotiv" yarim himoyachisi RPL klubiga o'tishi mumkin

Alisher
23 dek 2019, 17:07
Toshkentning "Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov faoliyatini RPL jamoalaridan birida davom ettirishi mumkin.

O'zbekiston milliy terma jamoasida 22ta o'yin o'tkazgan (3ta gol) futbolchiga Rossiya Premer-ligasining bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda.

26 yoshli Iskanderov "Lokomotiv"ga 2019 yilning boshida "Paxtakor"dan o'tgan edi. Yarim himoyachi yangi klubida 26ta o'yinda (6ta gol va 6ta assist) maydonga tushdi.

Iskanderovga shuningdek Qatar va BAA klublaridan qiziqish bor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sportbox.ru