"Lokomotiv" - "Uz-Dong-Ju" bahsini farg'onalik hakam boshqaradi

Narzulla Saydullayev
7 iyun 2016, 13:06
Ertaga "Lokomotiv" O'zbekiston Kubogining 1/8 finalidan o'rin olgan javob bahsini o'tkazadi.

Andijonning "Uz-Dong-Ju" jamoasi bilan kechadigan o'yin TTYMI stadionida bo'lib o'tadi va bahs 19:00da boshlanadi.

Mazkur uchrashuvni farg'onalik hakam Olim To'ychiboev boshqaradi. Unga qanotlarda F.Yormuhamedov bilan B.Bahromov ko'mak berishadi. I.Xudoydotov zaxira hakami vazifasini bajaradi.

Uchrashuv nazoratchisi - Bulat Galeev. Eslatib o'tamiz, safarda kechgan birinchi bellashuvda "Loko" 4:1 hisobida g'alaba qozongan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz