“Lokomotiv” Ukrainalik kiberfutbolchi bilan shartnoma imzoladi

Narzulla Saydullayev
14 dek 2016, 18:31
Xabaringiz bor, yurtimizda O'zbekiston Kiber futbol o'yinlari associyaciasi tomonidan PCFL (Professional Cyber Football League) ligasining tashkil qilinishi haqida ommaviy axborot vositalarida keng targ'ib etilmoqda.
Butun dunyoda yangi sport turiga aylanib borayayotgan Kiberfutbol vakillari Jahon chempionatlari va Jahon Gran-prilarida vatanimiz sharafini himoya qilib kelmoqdalar.

Oldin xabar berganimizdek birinchi marta o'tkazilayotgan O'zbekiston chempionatida klubimiz sharafini to'rt nafar kiberfutbolchi himoya qiladi. Ushbu kiberfutbolchilar Jahon chempionatlari, Jahon Gran-prilari, MDH kuboklari,  O'zbekiston chempionatlarida eng yuqori natijalarni qayd etib kelishmoqda. O'zbekistonlik kiberfutbolchilar orasida sog'lom raqobatni vujudga keltirish maqsadida “Lokomotiv” futbol klubi o'z tarkibiga birinchilardan bo'lib legioner kiberfutbolchini  jalb etdi. Ushbu kiberfutbolchi  FIFA16 o'yinlarida bir necha yirik musobaqalarda g'olib bo'lgan Ukrainalik Loko.Dancing_ace niki ostida o'ynovchi Evgeniy Gorbenko. Evgeniy jamoamiz bilan professional shartnoma imzoladi va 13 raqam ostida Birinchi Liga musobaqalarida ishtirok etadi.



PCFL (Professional Cyber Football League) ligasini rivojlanishida “Lokomotiv” futbol klubi  ham o'z hissasini qo'shgan holda O'zbekiston Kiber futbol o'yinlari associyaciasi bilan yana bir nechta yirik loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.


Oldinroq yurtimizda O'zbekiston kiber futbol o'yinlari Assotsiatsiyasi O'zbekiston Futbol Federatsiyasi a'zoliliga qabul qilingandi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz