"Lokomotiv" Turkiyaga yetib bordi

Narzulla Saydullayev
28 yanv 2021, 20:54
Bugun ertalab Toshkentdan Turkiya sari parvoz qilgan "temiryo'lchilar" besh soatdan ko'proq uchish va avtobusda bir soatlik yo'ldan so'ng belgilangan manzilga yetib kelishdi.

"Lokomotiv" delegasiyasi Side shahridagi "The Sense De Luxe Hotel" mehmonxonasiga joylashdi. Uzoq davom etgan parvoz hamda avtobusda yo'l yurish sababli murabbiylar shtabi bugun futbolchilarga dam berishga qaror qilishdi.

 Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonidan o'rin olgan Turkiya yig'ini 12 fevralga qadar davom etadi. Jamoa ertadan maydondagi mashg'ulotlarni boshlaydi.







Reklama



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz