

U yerda yosh futbolchilar o'rtasida har yili ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan “Antalya Cup” musobaqasi bo'lib o'tmoqda.
"Lokomotiv"ning 2004 yilda tug'ilgan futbolchilari (bosh murabbiy - Otabek Mansurov) guruhdagi dastlabki turni “Buyukshehirspor” (Turkiya) jamoasiga qarshi o'tkazib, 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergan bo'lsa, 2006 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilarimiz (bosh murabbiy - Sunnat Ro'ziev) birinchi turda “Shimshekspor” (Turkiya) bilan bellashib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Bugun esa ikkinchi tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, delegaciya rahbari sifatida "Lokomotiv" bolalar va o'smirlar futbol maktabi direktori Erkin Saidov ham Turkiyaga yo'l olgan.






