"Lokomotiv" safiga 4ta futbolchi qo'shildi

Narzulla Saydullayev
1 avg 2013, 20:47
Mavsumning ikkinchi yarmiga qizg'in hozirlik ko'rayotgan Lokomotiv jamoasi davralar oralig'ida o'z safini bir qator mahoratli futbolchilar hisobiga to'ldirib oldi.
Temiryo'lchilar o'z tarkibiga tajribali futbolchi, mamlakatimizning eng sovrindor futbolchilaridan biri Ilxom Suyunovni qo'shib oldi. Shuningdek, Lokomotiv murabbiylar shtabi 1-davrani ijara asosida Guliston klubida o'tkazishgan yarim himoyachilar Ibrohim Raximov hamda Sobir Usmonxo'jaevlarni ham ortga qaytarishga qaror qilishdi. Va eng e'tiborli transferlardan biri – bu jamoa safida moldaviyalik futbolchining paydo bo'lganidir. 1985 yil 25 iyulda tug'ilgan asli moldaviyalik Aleksandr Onika bundan buyon Lokomotiv safida to'p suradi. Ushbu futbolchi faoliyati davomida Rossiyaning Spartak (Chelyabinsk), KAMAZ, Ukraina Oliy ligasi vakili Vorskla hamda mahalliy Dachiya va Sherif klublari sharafini himoya qilgan. Moldaviya terma jamoasi safida 10ta o'yin o'tkazgan. Umid qilamizki, yangi futbolchilar Lokomotiv jamoasi o'yinini ko'chaytirishga xizmat qiladi.

To'p tepgan klublari:

"Xincheshti" (Moldova), "Unisport-Avto" (Moldova), "Spartak-Chelyabinsk" (Rossiya), "KAMAZ" (Rossiya), "Dachiya" (Moldova), "Vorskla" (Ukraina), "Sherif" (Moldova).


Safimizga qo'shilgan ushbu yangi futbolchilar quyidagi raqamlarda to'p surishadi:

Ibroxim Rahimov - 24
Sobir Usmonxo'jaev - 15
Ilhom Suyunov - 55
Aleksandr Onika - 99

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz