"Lokomotiv" - "Rostov" uchrashuvini "Manchester Yunayted" skauti kuzatib bordi

Mirjalol Normatov
1 sen 2019, 13:34
"Manchester Yunayted" skauti Krsto Kilibarda RPLning 8-turi doirasidagi "Lokomotiv" - "Rostov" uchrashuvini kuzatib bordi.

Ushbu bahsda hamyurtimiz Eldor Shomurodov ikkita gol kiritib, jamoasining g'alabasiga muhim hissasini qo'shgandi.

Kilibarda esa Rossiya mamlakatidan "Manchester Yunayted"ga futbolchi izlab yuribdi.

Ushbu skaut oldinroq "Rubin" - SSKA uchrashuvini kuzatib borgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: iz.ru