"Lokomotiv" - "Qizilqum" uchrashuvining boshlanish vaqti o'zgardi

Narzulla Saydullayev
26 apr 2019, 21:19
Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Qizilqum" bahsi dastlab 19:35ga belgilangandi.

Biroq 27 aprel kuni bo'lib o'tadigan "So'g'diyona" - "Paxtakor" bahsi ham shu vaqtda boshlanishi hamda o'yin "Sport" telekanali orqali jonli efirga uzatilishi e'tiborga olinib, "Lokomotiv"ning navbatdagi uy uchrashuvi boshlanish vaqti 17:30ga belgilandi. Bu haqda PFL klubga rasman ma'lum qildi.

Shunday qilib 27 aprelda TTZ dahasidagi "Lokomotiv" stadionida kechadigan bellashuv soat 17:30da start oladi va "Sport" TV orqali to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz