

"Lokomotiv" "Ozodi" o'yingohida 19:00dan 20:00ga qadar mashg'ulot olib bordi. Ertaga ushbu stadionga ko'p muxlis kelishi kutilyapti. Bizga ma'lum bo'lishicha, darvozalar ortidagi sektorlarga kirish bepul, markaziy sektorlar uchun esa 5 dollardan chipta sotilmoqda. (Albatta, Eron pulini AQSH dollariga o'girganda).
"Temiryo'lchilar"ni ertangi bahsga qancha tomoshabin kelishi o'ylantirayotgani yo'q, chunki barchaning maqsadi Tehrondan g'alaba qozonib qaytib ketishga qaratilgan. Jamoada hammasi joyida va yigitlar bo'lajak o'yinga tayyorlar. Shu o'rinda "Istiqlol" bilan kechadigan uchrashuvda "Lokomotiv"ga omad yor bo'lishini tilab qolamiz.






