"Lokomotiv" O'zbekiston milliy chempionatlarida nechta gol urgan?

Xayrulla Xoliqov
23 apr 2020, 13:15
"Lokomotiv"ning O'zbekiston oliy ligasidagi ilk mavsumi 2004 yilga to'g'ri keladi.

2004 - 2019 yillar oralig'ida "temiryo'lchilar" jami 15 mavsum milliy chempionatda ishtirok ettgan bo'lib, bu yilgisi 16-mavsum hisoblanadi. Shu vaqt oralig'ida bitta kam mavsum o'tkazilgani sababi "Loko" 2010 yil quyi divizionga yo'l olib, 2011 yilni birinchi ligada o'tkazgan. 

Quyida "Lokomotiv"ning  2004 - 2019 yillar mobaynida O'zbekiston milliy chempionatida nechta gol urganini keltirib o'tamiz. 

2004. 37 gol

2005. 39 gol

2006. 39 gol 

2007. 25 gol

2008. 41 gol

2009. 34 gol

2010. 20 gol

2012. 43 gol

2013. 63 gol

2014. 58 gol

2015. 66 gol

2016. 77 gol

2017. 67 gol 

2018. 35+23=58 gol

2019. 40 gol 

- 15 mavsum ichida "Loko" jami 707ta gol urgan. Xabaringiz bor, 2018 yilgi Superliga ikki bosqichda o'tgandi, shu bois gollarni alohida hisobladik. 

- Eng ko'p gol 2016 yilga to'g'ri keladi. "Temiryo'lchilar" 77 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilishgan. Eng kam gol esa 2010 yil urilgan bo'lib, atigi 20tani tashkil etgan. 

- 2005 va 2006 yillarda "Lokomotiv" futbolchilari bir xil 39tadan gol muallifi bo'lishgan. Jamoamiz o'tgan yil 40ta to'p kiritib ikkinchi o'rinni egalladi. Bu yilgi chempionatda nechta gol urishini karantindan keyin davom etadigan o'yinlar davomida bilib boramiz.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz