“Lokomotiv” oliy ligada 300-o'yinini o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
2 okt 2015, 13:16
Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi oliy liganing o'tgan turida “Olmaliq” bilan kuch sinashib, 4:1 hisobida g'alaba qozondi.

Bu o'yin “Lokomotiv”ning oliy liga tarixidagi yubiley 300-uchrashuvi bo'ldi.

Mazkur bahsda yana bir statistik ma'lumot qayd etilgani haqida xabar berib o'tgandik. Yani, o'yinda “temiryo'lchilar”ning uchinchi to'pini kiritgan Timur Kapadze “Lokomotiv”ning oliy ligadagi 450-goli muallifi bo'ldi.

2004 yildan beri oliy ligada ishtirok etib kelayotgan “Lokomotiv” shu paytgacha 300ta o'yinda maydonga tushgan bo'lib, shundan 134tasida g'alaba qozongan, 61 marta durang o'ynab, 105ta bahsda mag'lub bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz