“Lokomotiv” (Moskva) “Bordo” yarim himoyachisini o'z safiga qo'shib oladi

Eldor Akmurzayev
11 avg 2020, 19:40
“Bordo”ning hujumkor yarim himoyachisi Fransua Kamano faoliyatini RPLda davom ettirishga yaqin.

Uning xizmatlariga “Lokomotiv” qiziqsh bildirmoqda.

RMC Sport manbasiga ko'ra, “temiryo'lchilar” transfer masalalari bo'yicha 24 yoshli gvineyalik bilan kelishib olgan. Uning narxi esa 5,5, mln evroga baholanmoqda. Kamano bilan uzoq muddatli shartnoma tuziladi, aniqrog'i 2024 yilning yozigacha.

Fransua “Bordo” libosida 139 o'yinda ishtirok etib, 30+15 natija ko'rsatishga erishgan.

Oldinroq, unga "Liverpul" qiziqish bildirgan edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: RMC Sport