

11 iyul sanasida yig'inni boshlagan “Temiryo'lchilar” kecha mazkur yig'in doirasidagi so'nggi nazorat uchrashuvini o'tkazishdi. Unda “Loko” 3:0 hisobida “Sluck”dan ustun keldi.
Bugun esa “Lokomotiv” futbolchilari kechagi o'yindan keyingi tiklanish mashg'ulotini o'tkazishdi. Mashg'ulot jarayoni trenajyor zalida olib borildi va murabbiylar shtabi futbolchilarga turli yuklamalar berishdi.
Quyida jamoamizning Minskda o'tkazgan so'nggi mashg'ulotidan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.






"Lokomotiv" matbuot xizmati



