

11 iyuldan Minskda shug'ullangan “temiryo'lchilar” bugun xorij yig'inini yakunlab Toshkentga qaytishdi. “Lokomotiv” yig'in davomida uchta nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Dastlab “Dnepr Mogilyov” 4:1 hisobida taslim etilgan bo'lsa, ikkinchi nazorat o'yinida “Gomel” bilan 1:1 hisobida durang o'ynaldi. So'nggi uchrashuv “Sluck” klubiga qarshi kechdi va unda "temiryo'lchilar" 3:0 hisobida g'alabaga erishishdi.
Minsk yig'inini yakunlagan "Lokomotiv" bugun Toshkentga qaytib keldi. Jamoa endi O'zbekiston kubogi 1/4 final javob bahsi doirasida “Buxoro” bilan o'yinga hozirlikni boshlaydi.



