

"Lokomotiv" stadionida kechadigan bahs soat 19:00da boshlanadi. O'yinga kiruvchilar soni cheklangani bois jurnalistlar va fotomuxbirlardan 15 iyun (dushanba) kuni soat 12:00dan kechiktirmasdan o'zlari haqidagi ma'lumotni lokomedia@mail.ru elektron pochtasiga yuborishlari so'raladi.
OAV xodimi yil boshida PFL tomonidan berilgan akkreditatsiyaga ega bo'lishi, karantin qoidalariga qatiy rioya qilishi hamda o'yin boshlanishiga 30 daqiqa qolganida stadionda bo'lishi shart.
Akkreditatsiyasi bo'lmagan jurnalist stadionga kiritilmaydi.



