"Lokomotiv" matbuot xizmati: "Nagaev hali shifoxonadan chiqmadi"

Tolibjon Qosimov
8 okt 2014, 15:54
Kecha avtoxalokatga uchragan Ivan Nagaevning shifoxonadan chiqqani haqida ma'lumot bergan edik.
Hozirgina "Lokomotiv" klubi matbuot xizmatining bizga xabar berishicha, Ivan Nagaev hamon shifoxonada. Hujumchi “O'zbekiston temir yo'llari” DATK Markaziy shifoxonasida davolanmoqda, uning yuzida shishgan joylari bor, burnidan jarohat olgan, shuningdek, miyasi chayqalgan. Nagaevga shifoxonadan qachon ruxsat berilishi noma'lum. U katta ehtimol bilan ikki haftasiz maydonga tusha olmaydi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia