

Bugun kunning ilk qismida futbolchilarimiz tibbiy ko'rikdan o'tishdi. Tushdan so'ng esa “Lokomotiv” stadionida mashg'ulot o'tkazildi. Mashg'ulot jarayonida terma jamoa ixtiyorida bo'lgan futbolchilardan boshqa barcha ishtirok etdi. Salamat Qutiboev hamda Ikrom Aliboevlar sekin-asta umumiy mashg'ulotlarda qatnasha boshlashdi. Sergey Proxorov ham jamoa mashg'ulotlariga qo'shildi. Qolaversa, jarohatini davolayotgan Islom To'xtaxo'jaev bugundan engil yugurishni boshladi.







