"Lokomotiv" klubda ko'rikdan o'tayotgan legionerlar borasida bayonot berdi

Aziz Tukhtamuradov
14 yanv 2018, 21:25
Xabaringiz bor, ayni paytda O'zbekiston chempioni – “Lokomotiv” Dubayda yangi mavsum hozirliklarini davom ettirmoqda.

“Temiryo'lchilar” safida bir qator yangi futbolchilar yig'inda ishtirok etishayotganini qayd etish joiz. Jumladan, rossiyalik 25 yoshli hujumchi  Dmitriy Barkov  hamda 24 yoshli koreyalik hujumchi  Cho Sok Jae  hozirda “Lokomotiv” mashg'ulotlarida qatnashishmoqda. Bugun “Lokomotiv”ning “Aberdin”ga qarshi o'tkazgan o'rtoqlik o'yinida mazkur futbolchilar ham maydonga tushishdi.

Takidlash joizki, Dmitriy Barkov ilgari “Tosno” (Rossiya), “Narva Trans” (Estoniya), “Istiqlol” (Tojikiston) kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. Koreys futbolchisi esa “Chonbuk Motors” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va bunga qadar “Chonnam Dragons”, “Anyang” kabi Janubiy Koreya klublari safida faoliyat olib borgan.

Ertaga “Lokomotiv” shartnoma imzolagan yangi futbolchilari nomini e'lon qilishini ma'lum qildi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: lokomotiv.uz