

“Lokomotiv” bu o'yinda ijobiy natija qayd etgan taqdirda keyingi bosqich masalasini hal etadi . 4 may kungi bellashuv “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi va uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.
Ertaga, yani 3 may kuni odatga ko'ra har ikkala jamoa bosh murabbiylari hamda futbolchilar ishtirokida o'yinoldi matbuot anjumani tashkil etiladi. Matbuot anjumani “Bunyodkor” stadioni konferenciyalar zalida soat 12:00da boshlanadi. Matbuot anjumaniga kelish istagida bo'lgan OAV xodimlari stadionga 4-darvozadan kirishlari mumkin.



