

Bugundan “Temiryo'lchilar” jamoasi yana mashg'ulotlarga qaytdi. Yig'inning ilk kunida murabbiylar shtabi futbolchilarga ortiqcha yuklama berishni lozim topmadi va shu boisdan engil chigalyozdi mashqlari yopiq inshootda o'tkazildi. Takidlash joizki, yig'inda jamoamiz ko'rigida bo'lib turgan ikki ivuarlik futbolchilar ham qatnashishmoqda.
Mashg'ulotlar 7 yanvarga qadar Toshkentda davom ettiriladi. So'ng “Temiryo'lchilar” jamoasi ilk xorij yig'inini o'tkazish uchun BAAning Dubay shahriga yo'l oladi.








