“Lokomotiv” Dubayda mashg'ulot o'tkazdi (FOTO)

Narzulla Saydullayev
19 apr 2016, 07:05
Kecha tushdan so'ng BAAning eng ko'rkam shaharlaridan biri Dubayga yetib kelgan “Lokomotiv” futbolchilari kechki payt “Al Nasr”ga qarashli maydonlardan birida mashg'ulot olib borishdi.

Mashg'ulotda jamoa bilan tashrif buyurgan barcha 20 nafar futbolchi ishtirok etdi. Maydondagi o'yinchilar bilan Mirko Yelechich va Andrey Miklyaev ishlagan bo'lsa, darvozabonlarni Pyotr Gizimchuk shug'ullantirdi. Ma'lumki, asosiy tarkibdan ikki futbolchi Toshkentda qolgan.

Nemanya Yanichich hozirda jarohatini davolayotgan bo'lsa, Kaxi Maxaradze OCHLdagi sariq kartochkalari ikkita etgani tufayli 20 aprel kungi “Al Nasr” bilan birinchi o'yinni o'tkazib yuboradi. Albatta, muhim o'yin oldidan bu jiddiy yo'qotish, lekin jamoamizning maqsadi faqat g'alaba. Barcha Dubayga ijobiy natijani ko'zlab tashrif buyurgan.

Quyida  mashg'ulotdan fotosuratlarni keltirib o'tamiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz