“Lokomotiv” chempionlik masalasini hal etuvchi bellashuvga qizg'in hozirlanmoqda

Narzulla Saydullayev
17 noya 2017, 17:15
Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi navbatdagi uchrashuvini Oliy Liga 29-turi doirasida safarda “Dinamo”ga qarshi o'tkazadi.

Agar “Dinamo”ga qarshi bellashuvda “temiryo'lchilar” g'alabaga erishishsa, jamoa muddatidan avval O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritadi. Bugun “Loko” futbolchilari “Dinamo”ga qarshi o'yin oldidan Toshkentdagi so'nggi mashg'ulotini o'tkazishdi. Mashg'ulot jarayoni yuqori kayfiyatda o'tdi.

Ertaga “Lokomotiv” Samarqand tomon yo'lga chiqadi va o'yinoldi mashg'ulotini o'sha yerda o'tkazadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz