"Lokomotiv" bugun "Shaxtyor" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
25 iyun 2018, 13:17
"Lokomotiv" bugun Minsk shahridagi yig'inidagi ikkinchi nazorat-o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Ikkinchi raqib yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan Belarusning Soligorsk shaxri sharafini himoya qilayotgan "Shaxtyor" jamoasi bo'ladi.

1961 yil tashkil topgan jamoa o'tgan mavsum Belarus chempionatida 3-o'rinni egallagan. Jamoa murabbiyi Sergey Tashuev, jamoa sardori Belurus terma jamoasi posboni Andrey Klimovich.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:30da, "Stroitel" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz