

Unda Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbeiston va Rossiyaning bir necha shaharlaridan bolalar futbol jamoalari ishtirok etishdi.
Toshkentning “Lokomotiv” klubi futbol maktabi tarbiyalanuvchilari ham ushbu musobaqada munosib ishtirok etib qaytganini alohida ta'kidlab o'tish lozim.
Vakillarimiz Pavlodar shaxrining “Irtish-2003”, Gorno-Altayskning “BO'SM”, Bishkekning “Lokomotiv” jamoalari ustidan g'alaba qozonishning uddasidan chiqdi.
Faqatgina Omskning “Dinamo” jamoasiga 2:3 hisobida o'yinni boy bergan toshkentliklar turnirni faxrli uchinchi o'rin bilan yakunlab, bronza medallari sohibiga aylanishdi.



