“Lokomotiv”: Bikmaev va Abduxoliqov barcha musobaqalarda gol urdi

Narzulla Saydullayev
1 dek 2015, 17:58
Bu yil “Lokomotiv”ning asosiy tarkibi to'rtta musobaqada ishtirok etdi: Oliy liga, OCHL, O'zbekiston Kubogi hamda Superkubok.

Mana shu to'rtta musobaqada “temiryo'lchilar” hammasi bo'lib 88ta gol urishning uddasidan chiqishdi.

“Loko”ning ikki nafar hujumchisi esa barcha to'rt musobaqalarda gol urgan futbolchi bo'lishdi. Bular – Marat Bikmaev va Temurxo'ja Abduxoliqov. Bikmaev oliy ligada 11ta, OCHLda 2ta, O'zbekiston Kubogida 3ta va Superkubokda bitta gol urishning (jami 17ta) uddasidan chiqdi. Abduxoliqov esa oliy ligada 8ta, OCHLda bitta, O'zbekiston Kubogida ikkita va Superkubokda bitta to'p kiritishga (jami 12ta) muvaffaq bo'ldi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz