Lokomotiv barchani yangi futbolchilarni tanishtirish marosimiga taklif qiladi

Narzulla Saydullayev
8 mar 2014, 13:19
10 mart, soat 11:00da Toshkentning "Lokomotiv" futbol klubi bosh murabbiy va tarkibga kelib qo'shilgan yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtiruv marosimini o'tkazadi.

Marosim to'rt qismdan iborat bo'ladi.

Birinchi qismda Lokomotiv stadionining anjumanlar zalida o'tkaziladigan tadbir chog'ida jamoa boshlig'i Qobiljon Yunusov jurnalistlarga jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov va katta murabbiy Andrey Miklyaevni tanishtiradi va ular OAV vakillari qiziqtirgan savollarga javob qaytaradilar.

Ikkinchi qismda esa Lokomotiv klubi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Zokirjon Seydullaev va jamoa boshlig'i Qobiljon Yunusov bu yilgi mavsumda “temiryo'lchilar” kiyadigan yangi liboslar bilan tanishtiradilar va jamoaga taklif qilingan yangi futbolchilarga raqamlari tushirilgan liboslarni taqdim etadilar.

Uchinchi qismda yangi taklif etilgan futbolchilar maydonga chiqib keladilar va muxlislar qarshisida yana bir marta tanishtiriladi. Maydonga chiqib kelgan yangi futbolchilar o'z maxoratlarini (dribling, texnika) namoyish etadilar.Ushbu tanishtirish marosimida futbolchilar muxlislarga tayyorlar qo'ygan sovg'alarni ham taqdim etadilar. Shu bilan birga stadionga yig'ilgan muxlislarga dastxat ham beradilar.

Marosimning to'rtinchi qismida jamoaning barcha futbolchilari va klub rahbariyati ishtirokida professional fotograflar bilan yangi mavsum uchun rasmga tushadilar. Ushbu foto tadbirni yana barcha OAV xodimlari ham suratga olishlari mumkin va keyinchalik reklama, tadbirlarda ishlatishlari mumkin.

Taqdimot marosimiga barcha OAV vakillarini va barcha futbol muxlislarini taklif etamiz. Muxlislar uchun darvozalar soat 11:00dan ochiq bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz