Lokomotiv Antaliyada. Birinchi kun (+FOTO)

Narzulla Saydullayev
31 yanv 2017, 11:02
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirish maqsadida Lokomotiv futbolchilari bugun kechki payt Antaliyaga yetib kelishdi.

Jamoa a'zolari Belekdagi Sueno Hotels Deluxe mehmonxonasiga joylashishdi.

Bu yerda havo harorati yaxshi, iqlim mo'tadil. Bir so'z bilan aytganda, ayni futbol o'ynaydigan havo. Biz joylashgan mehmonxonada shuningdek, Rossiya premer-ligasi vakili Krilya Sovetov ham istiqomat qilmoqda. Ular 7 fevralga qadar shu yerda bo'lishar ekan. Lokomotiv esa 13 fevralgacha Turkiyada o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib boradi.

Ikki hafta oralig'ida temiryo'lchilar to'rtta nazorat bellashuvida ishtirok etishadi. Bugun birinchi kungi mashg'ulot jamoa a'zolari uzoq yo'l bosib toliqib kelishgani bois ko'p davom etmadi. Yarim soatlik mashg'ulotda murabbiylar e'tiborni ko'proq tiklanish jarayoniga hamda chigalyozdi mashqlarga qaratishdi. Ertadan boshlab mashg'ulotlar ikki mahaldan o'tkaziladi.

Mashg'ulot maydonlari shundoq mehmonxonaning yonginasida joylashgan bo'lib, u yerda barcha sharoitlar etarli. Bilasiz, Lokomotivni bu mavsum ham nihoyatda jiddiy o'yinlar kutmoqda. Jamoamiz mavsumni 20 fevral kuni Osiyo chempionlar ligasidagi bahs bilan boshlaydi. Shu kuni Saudiya Arabistonida Al Taavon mehmoni bo'lamiz. Shunday ekan, barchaning e'tibori joriy mavsumni ham ijobiy tarzda o'tkazishga qaratilgan.

Lokomotivning Antaliya yig'inida ishtirok etadigan tarkibi:

DARVOZABONLAR
Ignatiy Nesterov
Mamur Ikromov

HIMOYACHILAR

Islom To'xtaxo'jaev
Salim Mustafoev
Oleg Zoteev
Farrux Ibrohimov
Sherzod Fayziev
Bobur Yo'ldoshev
Muhammad Kone
Shuhrat Muhammadiev

YARIM HIMOYACHILAR
Sadriddin Abdullaev
Ikrom Aliboev
Sardor Mirzaev
Timur Kapadze
Quvondiq Ro'ziev
Kaxi Maxaradze
Diyor Turopov
Salamat Qutiboev

HUJUMCHILAR
Marat Bikmaev
Timur Usmonov
Azizbek Amonov
Nore Krizo
Murod Bobojonov



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz