"Liverpul"ning 40 mingga yaqin muxlisi o'yinga chiptasiz kirishga uringan

Mirjalol Normatov
29 may 2022, 18:44
"Liverpul" muxlislari YCHL finalini chiptasiz tomosha qilmoqchi bo'lgan.

"El País" xabariga ko'ra, chiptasiz 40 ming muxlis chiptali 20 ming muxlisning ichiga qo'shilib olgan va olomon orasida o'yinga kirib ketgan. Shularning 20 mingga yaqinini styuardlar qaytarib qola olgan.

Aynan shu sababli "Liverpul"ning 10 mingga yaqin muxlisi chiptasi bo'lib ham o'yinga kira olmagan.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv boshlanish vaqti shu boisdan belgilangan vaqtidan 36 daqiqa kechroq boshlandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El País