"Liverpul"ga "Inter" himoyachisi kerak

Mirjalol Normatov
31 yanv 2026
Denzel Dumfris ingliz top-klublari e'tiborida.

Oldinroq "Manchester Siti" tomonidan qiziqish bildirilayotgan futbolchiga endi "Liverpul" ham e'tibor qaratgan. Mersisayd klubi himoyachi borasida "Inter"ga taklif ham jo'natgan. Qiziqishga asosiy sabab sifatida Jeremi Frimpongning sog'lig'i bilan muammolari keltirilgan. Biroq 29 yoshli Dumfrisning o'zi jarohati sababli noyabr oyidan buyon maydonga tushgani yo'q. Uning 2-3 oyga safdan chiqqani ma'lum qilingandi.

Agarda fevral oyida safga qaytadigan bo'lsa, "Inter"dagilar futbolchini "Liverpul"ga sotib yuborishga tayyor turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal