"Liverpul" yozda Balotellini Xitoyga sotishga umid bildiryapti

Aslanov Jasurbek
20 fev 2016, 14:16
Ijara asosida "Milan"da to'p tepayotgan "Liverpul" hujumchisi Mario Balotelli joriy mavsum yakunida mersisaydlar safini tark etadi.

Balotelli "Liverpul" ustozi Yurgen Kloppning rejalarida yo'q.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Liverpul" yozda Balotellini Xitoy klublarining biriga sotib yubormoqchi. 25 yoshli futbolchining ingliz klubi bilan shartnomasi 2017 yilgacha belgilangan.

Italiya chempionati turnir jadvali va to'puraralari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Guardian