"Liverpul" yangi sport direktorini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
30 may 2023, 20:13
"Liverpul" o'z ijtimoiy tarmoqlarida Yorg Shmadtkening klubda ish boshlaganini ma'lum qildi.

Hozircha shartnomaning qancha muddatga mo'ljallangani ma'lum emas.

Mutaxassisning so'nggi ish joyi "Volfsburg" bo'lgan va 2023 yil yanvarida u yerdan ketgandi. Bunga qadar u "Keln" va "Gannover"da ham faoliyat olib borgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal