

"Liverpul" yarim himoyachi va jamoa sardori Jordan Xendersonga yangi shartnoma taklif etadi.
"Qizillar" tez orada o'yinchi bilan muzokaralarni boshlaydi. Mersisaydliklar futbolchi faoliyati yakuniga qadar shu yerda qolishini istashmoqda.
Oldinroq "Liverpul" Alisson bilan shartnomani uzaytirishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, "qizillar" Virjil van Deyk va Muhammad Saloh bilan yangi kelishuv tuzishdan umidvor.



