"Liverpul" xavbeki APL va Bundesligani solishtirdi

Sherzod Nurmatov
10 may 2024
Futbolchi asosiy farqni aytib o'tdi.

Avval "Leyptsig"da o'ynagan "Liverpul" yarim himoyachisi Dominik Soboslai APL va Bundesligani solishtirdi.

"APL birmuncha tezroq. Bu yerda Bundesligadagi kabi o'ylashga vaqtingiz yo'q. Angliyada to'pni qo'lga kiritishdan oldin nima qilishni bilishing kerak. Aks holda, sizga hech qanday imkoniyat berilmaydi", – dedi futbolchi.

Soboslai "Liverpul"dagi ilk mavsumini o'tkazmoqda. 23 yoshli yarim himoyachi ushbu mavsum barcha musobaqalarda 43 ta o'yinda qatnashib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: anfieldindex.com