"Liverpul" Vernerni 30 million evro evaziga xarid qilishi mumkin

Alisher
25 fev 2020, 14:15
"Liverpul" "RB Leyptsig" hujumchisi Timo Vernerni kuzatmoqda va uni yozda xarid qilmoqchi.

Forvardning transferi mersisaydliklar uchun 30 million evroga tushishi mumkin.

Germaniya terma jamoasi o'yinchisining "RB Leyptsig" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyun oyiga qadar mo'ljallangan.

23 yoshli o'yinchi joriy mavsum "buqalar" safida 33ta o'yinda maydonga tushib, 27ta gol va 11ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport1