"Liverpul" van Deykka o'rinbosar topib qo'ydi

Khoja
14 okt 2024
"Liverpul" Virjil van Deyk jamoani tark etsa, uning o'rniga boshqa bir markaziy himoyachi olib keladi.

Ingliz jamoasi "Valensiya"ning 20 yoshli himoyachisi Kristian Moskera bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan. Transfermarket nashri futbolchini 30 million evroga baholamoqda. 

Ma'lumot uchun, 20 yoshli ispaniyalik dunyoning eng iqtidorli yosh markaziy himoyachilaridan biri sanaladi. U "Golden Boy" sovriniga nomzodlar qatoridan joy olgan. Himoyachi joriy mavsum 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com