"Liverpul" van Deykka o'rinbosar topdi

Alisher
20 okt 2020, 17:02
"Liverpul" rahbariyati jarohat olgan van Deykka o'rinbosar qidirishmoqda.

Mersisayd klubi qiziqishlari doirasiga Senegal terma jamoasi va "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali tushib qoldi.

"Manchester Siti" ham futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Oldinroq xabar berilganidek, Italiya klubi 29 yoshli futbolchi uchun 80 million evro miqdorida mablag' ishlamoqchi.

Kulibali "Napoli"da 2014 yildan beri o'ynaydi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2022/23 yilgi mavsumga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato