"Liverpul" va "Milan" jazoirlik himoyachi uchun kurashadi

Sherzod Nurmatov
3 mar 2021, 00:57
"Betis" markaziy himoyachisi Aissa Mandi faoliyatini Angliya yoki Italiyada davom ettirishi mumkin.

"La Razon" xabariga ko'ra, 29 yoshli futbolchining transferiga "Liverpul" va "Milan" qiziqish bildirmoqda.

Jazoirlik yozda erkin agentga aylanadi, shu sababli klublar uni tekinga sotib olishlari mumkin.

Mandi ushbu mavsumda "Betis" safida 23 o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning transfer qiymati 8 million evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Razon