“Liverpul” va “Atletiko” moliyaviy jarimaga tortildi, “Barselona” ogohlantirildi

Aziz Tukhtamuradov
4 iyun 2018, 23:33
UEFA tartib-intizom qo'mitasi “Liverpul” va “Atletiko” klublarini Evrokuboklardagi ishtiroki yuzasidan moliyaviy jazoga tortdi.

Madridliklar “Arsenal”ga qarshi kechgan Yevropa Ligasining yarim final javob uchrashuvi (1:0)dagi holat uchun 18 000 evro miqdoridagi jarimaga totildi. 

“Liverpul” esa 29 000 evro jarima to'laydi. Mersisaydliklarning muxlislari ham “Roma” bilan bo'lib o'tgan YCHL yarim final javob uchrashuvida fayerlarni yoqib, tartibsizliklarni keltirib chiqarishgan. 

Bundan tashqari, UEFA “Barselona” klubini jiddiy tarzda ogohlantirdi. “Roma”ga qarshi kechgan YCHL 1/4 final ilk (4:1) uchrashuvida kataloniyalik muxlislar “katta sahna”ga chiqishgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif