"Liverpul" so'nggi 3 o'yinida darvoza tomon 5 bora aniq zarba berdi va...

Mirjalol Normatov
1 mar 2020, 11:25
Kecha "Liverpul" safarda "Uotford"ga 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

Qayd etish kerak, mersisaydliklar so'nggi 3 o'yin ("Atletiko" 0:1, "Vest Xem" 3:2, "Uotford" 3:0)da 2 bora mag'lubiyatga uchrashdi. Shuningdek, bunda jamoa bir necha nohush holatlarga ham duch keldi.

Masalan, jamoa 3 o'yinda atigi 5 bora aniq zarba yo'lladi: "Atletiko"ga 0, "Vest Xem"ga 4, "Uotford"ga 1. "Liverpul" darvozasi tomon berilgan zarbalar esa quyidagicha: "Atletiko" 2, "Vest Xem" 4, "Uotford" 5.

Shuningdek, ularda 3 gol urgan jamoa 6 bora o'z darvozasidan to'p olib chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia