“Liverpul”ning sobiq murabbiyi koronavirusga chalindi

“Liverpul”ning sobiq murabbiyi va futbolchisi Kenni Dalglishda koronavirus aniqlandi.

69 yoshli mutaxassis chorshanba kuni sog'lig'i bilan bog'liq muammolar tufayli shifoxonaga yotqizilgandi. 8 aprel kuni murabbiyning koronavirus uchun topshirgan testi ijobiy natija bergan. 

Dalglish shifoxonaga yotqizilishidan ma'lum muddat avval o'z ixtiyori bilan o'zini yakkalash tartibiga o'tgandi. 


Manba: "Ливерпуль" клуби расмий сайти