Liverpul sobiq futbolchisi vafot etdi

Narzulla Saydullayev
22 mar 2017
Bugun Liverpul klubi sobiq futbolchisi Ronni Moran 84 yoshida dunyodan ko'z yumdi.

Faoliyatini to'liq bitta klubda o'tkazgan Moran ikki marta Angliya chempioni bo'lgan.

Futbolchilikni tugatgach uzoq vaqt yordamchi murabbiy bo'lib ishlagan. 1991 va 1992 yillarda esa jamoada vaqtincha bosh murabbiy bo'lgan.

Umuman olganda Moran Liverpulda 49 yil ishlagan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: liverpoolfc.com