"Liverpul" sobiq futbolchisi AQSH klubiga o'tdi

Alisher
3 yanv 2020, 12:41
"Liverpul" sobiq futbolchisi Emiliano Insua "Los Anjeles Gelaksi"ga o'tdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

30 yoshli argentinalik futbolchi "Los Anjeles Gelaksi" bilan shartnoma imzoladi. Bitim shartlari haqida ma'lumot berilmayapti.

Insua 2015 yildan beri "Shtutgart"da o'ynayotgan edi va joriy mavsum ikkinchi Bundesligada 6ta o'yin o'tkazdi.

Qayd etish kerakki, Emiliano 2007-2011 yillar davomida "Liverpul"da o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/LAGalaxy