"Liverpul" Shakirini sotishni rejalashtirmayapti

Alisher
2 yanv 2020, 14:14
"Liverpul" yarim himoyachi Jyerdan Shakiri bilan qishda xayrlashmoqchi emas.

Oldinroq klub shveytsariyalik va Divok Origini sotishga tayyor edi, ammo ko'plab jarohatlar rahbariyatni o'ylashga majbur etdi.

"Liverpul" Shakirini jarohat olgan hujumchi Diogu Jotaga o'rinbosar bo'lishiga umid qilmoqda.

Yarim himoyachi joriy mavsum Angliya chempionatida 3ta o'yinda maydonga tushdi. Shuningdek uning hisobida Chempionlar Ligasi guruh bosqichidagi ikki o'yin bor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Liverpool Echo