"Liverpul" Salohning o'rinbosari uchun 100 mln to'lashga tayyor

Mirjalol Normatov
20 mar 2025, 20:52
Yozda tarkibidan Muhammad Saloh ketadigan "Liverpul" kadrlar muammosini hal qilish niyatida.

"El Nacional" ma'lumotiga ko'ra, "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares "qizillar"ning asosiy maqsadiga aylangan. "Liverpul" forvard uchun 100 mln evro to'lashga tayyor. Klubdagilar uni hujum chizig'ining yangi yetakchisi bo'la oladi deb hisoblamoqda.

Bunga qadar Alvares APLda "Manchester Siti" tarkibida o'ynagan. O'tgan yil yozida u "Atletiko" safiga ko'chib o'tgandi. 44 o'yinda qatnashgan Alvares 23 gol va 5 assist qayd etdi.



O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Nacional