"Liverpul" Salahga La Ligadan o'rinbosar topdi

Alisher
19 yanv 2025
"Real Sosedad" vingeri Takefusa Kubo "Liverpul"ga o'tishi mumkin.

Muhammad Salah yozda "qizillar" safini tark etishi mumkin, futbolchining shartnomasi iyunda yakuniga etadi.

"Liverpul" Kuboga misrlik uchun o'rinbosar sifatida qaramoqda. Angliya grandi bitimga Xarvi Elliot, Federiko Keza va Vataru Endoni qo'shishga tayyor.

Transfermarkt Kuboni 40 mln evroga baholamoqda. 23 yoshli yaponiyalik futbolchi joriy mavsum "Real Sosedad" tarkibida barcha musobaqalarda 26ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: El Nacional