"Liverpul" Saloh bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda

Alisher
15 iyul 2021, 18:24
"Liverpul" misrlik hujumchi Muhammad Saloh bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshladi.

Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda. Misrlik futbolchi uchun PSJ, "Bavariya" va "Real" klublari da'vogarlik qilishmoqda.

"Liverpul"ning Salah bilan muzokaralari endilikda boshlandi va hali kelishuv yiroq", - deydi Romano.

Salah o'tgan mavsum "Liverpul" tarkibida barcha musobaqalarda 51ta o'yinda maydonga tushib, 31ta gol urishga erishdi. Uning mersisaydliklar bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano