"Liverpul" Remzi bilan shartnoma imzolamaydi

Alisher
26 mar 2021, 16:34
"Liverpul" rahbariyati uelslik yarim himoyachi Aaron Remzi bilan muzokaralar olib bormayapti.

Futbolchi yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirmoqchi, ammo angliyaliklar futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi emaslar.

30 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 4ta assist qayd etdi.

Transfermarkt uni 20 million evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano